O‘ZBEKISTON SUG‘URTA BOZORINING IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI: SUG‘URTA PENETRATSIYASI, INVESTITSION FAOLLIK VA MOLIYAVIY INKLYUZIVLIK TAHLILI
Keywords:
sug‘urta bozori, sug‘urta penetratsiyasi, sug‘urta zichligi, investitsion faollik, moliyaviy inklyuzivlik, hayot sug‘urtasi, iqtisodiy o‘sish, O‘zbekiston.Abstract
Maqolada O‘zbekiston sug‘urta bozorining iqtisodiy rivojlanishga ta’siri uchta kanal – risklarni qoplash, investitsion resurslarni shakllantirish va moliyaviy inklyuzivlik orqali 2021–2025-yillar ma’lumotlari asosida baholanadi. Sug‘urta penetratsiyasi va zichligi, mukofotlarning nominal YaIMga nisbatan elastikligi, to‘lovlar koeffitsiyenti hamda sug‘urtalovchilar investitsiya portfelining tuzilmasi tahlil qilindi. Penetratsiya 0,43 foizdan 0,73 foizga oshgani, mukofotlar YaIMga qaraganda qariyb 1,7 baravar tez o‘sgani aniqlandi. Biroq 2025-yilda investitsiyalar o‘sishining 48 foizi bank depozitlariga, 40 foizi ko‘chmas mulkka to‘g‘ri kelib, qimmatli qog‘ozlar hissasi atigi 3 foizni tashkil etdi. Bank hisobvaraqlari bilan qamrov keng bo‘lgani holda aholining sug‘urtaga ixtiyoriy talabi sustligicha qolmoqda. Uzoq muddatli hayot sug‘urtasini rag‘batlantirish, investitsion qoidalarni takomillashtirish va sug‘urta savodxonligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.