FARG‘ONA VILOYATIDA MULTIMODAL TRANSPORT TIZIMINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI VA LOGISTIKA SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Keywords:
multimodal transport, logistika tizimi, transport infratuzilmasi, yuk tashish, transport xarajatlari, logistika samaradorligi, raqamli texnologiyalar.Abstract
Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatida multimodal transport tizimining rivojlanish istiqbollari hamda uning logistika samaradorligiga ta’siri keng yoritilgan. Tadqiqot davomida multimodal tashish tizimining iqtisodiy ahamiyati, transport infratuzilmasini takomillashtirishning zaruriyati va zamonaviy logistika texnologiyalarining o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, yuk tashish jarayonida bir nechta transport turlaridan samarali foydalanish orqali tashish xarajatlarini kamaytirish, vaqt tejamkorligini ta’minlash va transport xizmatlari sifatini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Farg‘ona viloyatining geografik joylashuvi, transport salohiyati va logistika tizimini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy xulosalar keltirilgan.