MOBIL ILOVALAR YORDAMIDA HUDUDIY YUK TASHUVLARINI OPTIMALLASHTIRISH VA BOSHQARISH
Keywords:
transport logistikasi, raqamlashtirish, mobil ilovalar, hududiy yuk tashish, marshrutlarni optimallashtirish, dinamik tariflash, raqamli platformalar, E-logistika.Abstract
Ushbu maqolada transport logistikasini tizimli raqamlashtirish, xususan, hududiy va mintaqaviy yuk tashuvlarini tashkil etish hamda boshqarishda zamonaviy mobil ilovalarning o‘rni atroflicha tadqiq etilgan. An’anaviy logistika tizimidagi axborot assimetriyasi, transport vositalarining ortga bo‘sh qaytishi (Backhaul problem) va yuqori tranzaksiya xarajatlari kabi tizimli muammolar tahlil qilinib, ularga raqamli platformalar orqali yechimlar taklif etilgan. Mobil ilovalarning funksional arxitekturasi, dinamik tariflash hamda marshrutlarni avtomatlashtirilgan sinxronizatsiya qilish mexanizmlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida, hududiy logistikani raqamli ekotizimga o‘tkazish orqali transport tannarxini pasaytirish va vaqt resurslarini optimallashtirish bo‘yicha amaliy takliflar shakllantirilgan.