O'SMIR YOSHDAGI BEMORLARDA ELAYNER VA BREKET TIZIMLARINING OG'IZ BO'SHLIG'I GIGIYENASIGA TA'SIRI

Authors

  • Ma'murova Guljaxon Muminjon qizi Author

Keywords:

elayner, breket tizimi, ortodontik davolash, o'smirlar, og'iz bo'shlig'i gigiyenasi, dental blyashka, milk yallig'lanishi, gigiyenik indeks, PMA indeksi.

Abstract

Ushbu tezisda o'smir yoshdagi bemorlarda elayner va breket tizimlari yordamida ortodontik davolash jarayonida og'iz bo'shlig'i gigiyenasining o'zgarish xususiyatlari tahlil qilindi. Ortodontik davolash nafaqat tish-jag' tizimidagi estetik va funksional buzilishlarni bartaraf etishga, balki og'iz bo'shlig'i to'qimalari salomatligini saqlashga ham qaratilgan bo'lishi lozim. Elaynerlar olinib-taqiladigan konstruksiya bo'lgani sababli tishlarni tozalash, tish oralig'i gigiyenasini saqlash va milk yallig'lanishining oldini olishda qulaylik yaratadi. Breket tizimlari esa ortodontik korreksiyada samarali bo'lsa-da, tish yuzasida blyashka to'planishi, oziq-ovqat qoldiqlarining ushlanib qolishi, milk yallig'lanishi va gigiyenik indekslar yomonlashishiga sabab bo'lishi mumkin. Tezisda har ikki ortodontik tizimning gigiyenik afzalliklari, kamchiliklari va profilaktik tavsiyalar ilmiy-amaliy jihatdan yoritildi.

References

Published

2026-05-18

How to Cite

O’SMIR YOSHDAGI BEMORLARDA ELAYNER VA BREKET TIZIMLARINING OG’IZ BO’SHLIG’I GIGIYENASIGA TA’SIRI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 7(2), 74-79. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/680