NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQ TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING O‘YIN TEXNOLOGIYALARI
Keywords:
Nutq tafakkuri, maktabgacha yosh, nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar, o‘yin texnologiyalari, logopedik mashg‘ulot, didaktik o‘yin, muloqot, tafakkur, lug‘at boyligi, nutq rivoji, pedagogik texnologiya.Abstract
Mazkur maqolada nutqi to‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq tafakkurini shakllantirishda o‘yin texnologiyalarining ahamiyati, ularning pedagogik va psixologik xususiyatlari hamda amaliy qo‘llash usullari yoritilgan. Maktabgacha yosh davri bolaning nutqiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Ayniqsa, nutqida turli nuqsonlari mavjud bo‘lgan bolalarda tafakkur va nutq o‘zaro chambarchas bog‘liq holda rivojlanadi. Shu sababli o‘yin faoliyati orqali bolaning lug‘at boyligini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish, muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish va nutqiy faolligini kuchaytirish muhim pedagogik vazifa hisoblanadi. Maqolada didaktik o‘yinlar, rolli o‘yinlar, interfaol metodlar hamda logopedik mashg‘ulotlarning nutq tafakkuriga ta’siri ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilingan.