ALISHER NAVOIYNING IJTIMOIY-SIYOSIY QARASHLARIDA ADOLATPARVARLIK TUSHUNCHASI
Keywords:
Alisher Navoiy davlat siyosatini odillik bilan olib borishni mamlakatning kuch-qudratini namoyon qiluvchi vosita sifatida talqin qilarkan, uning moliyaviy taraqqiy etishiga alohida urg‘u qaratgan. Alisher Navoiy ma’naviy merosi chegara bilmas o‘tkir nafasi bilan oradan necha asr vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, hammamizning ko‘nglimizni nurlantirib turibdi.Abstract
Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarining “Qozilar h aqida” (“Quzzot zikrida”), “Qonunshunos muftiylar zikrida” (“Muftiyi faqihlar zikrida”) singari boblarida adolatga alohida urg‘u beriladi. Jumladan, u shunday deydi: “Qozi islom binosig‘a arkondir va musulmonlar xayr va sharrig‘a nofizi farmondur”[1]. Alloma e’tiroficha, islom dini binosining ustuni hamda musulmonlarning turli ishlari yuzasidan hukm chiqaruvchi shaxs bu - qozi (sudya) dir. Mazkur lavozimdagi kishiga bu kabi mas’uliyatli amal topshirilgan ekan, u bu ishonchga har taraflama loyiq bo‘lishi lozim. Ham diniy, ham dunyoviy bilimlarni chuqur egalgan, keng dunyoqarash sohibi bo‘lmog‘i lozim. Fiqhga doir bilimlarni mukammal o‘zlashtirish, shu bilan bir qatorda unga to‘laqonli rioya qilish – ushbu soha xizmatchilarining eng asosiy vazifasidir.