BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA NUTQIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI
Keywords:
bo‘lajak pedagog, nutqiy kompetensiya, nutq madaniyati, innovatsion yondashuvlar, kommunikativ kompetentlik, pedagogik muloqot, interfaol metodlar, raqamli texnologiyalar, kasbiy tayyorgarlik, refleksiv yondashuv, ta’lim samaradorligi.Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarda nutqiy kompetensiyani rivojlantirishning zamonaviy va innovatsion yondashuvlari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida pedagogning nutq madaniyati, kommunikativ salohiyati va kasbiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, interfaol metodlar, raqamli texnologiyalar, kommunikativ treninglar hamda refleksiv yondashuvlar orqali talabalarning nutqiy kompetensiyasini takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Bo‘lajak o‘qituvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, pedagogik vaziyatlarda samarali muloqot olib borish ko‘nikmalarini mustahkamlashda innovatsion metodlarning samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari pedagog kadrlar tayyorlash tizimida nutqiy kompetensiyani rivojlantirishning muhim omillaridan biri sifatida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.