BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA STEAM TEXNOLOGIYASINING O‘RNI

Authors

  • Boyjigitov Shuhrat Abdisamatovich Author
  • Aslonova Sevinch Asror qizi Author

Keywords:

STEAM texnologiyasi, kreativlik, ijodiy qobiliyat, boshlang‘ich ta’lim, innovatsion pedagogika, integratsion ta’lim, muammoli ta’lim, loyiha faoliyati, interaktiv metodlar, ta’lim samaradorligi.

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda STEAM texnologiyasining o‘rni va pedagogik ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, STEAM yondashuvining ta’lim jarayonidagi integrativ xususiyatlari, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, kreativ yondashuvi hamda muammoli vaziyatlarni hal etish kompetensiyalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari yoritib berilgan. Maqolada boshlang‘ich ta’limda fanlararo integratsiyani ta’minlash orqali o‘quvchilarning ilmiy tafakkuri, amaliy ko‘nikmalari va ijodiy faoliyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.Bundan tashqari, STEAM texnologiyasi asosida tashkil etilgan dars mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning innovatsion fikrlashini rivojlantirish hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashning samarali usullari tahlil qilingan. Maqolada loyiha asosida o‘qitish, tajriba va amaliy mashg‘ulotlardan foydalanishning afzalliklari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodkorlik salohiyatini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni haqida ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar berilgan.

References

Published

2026-05-20

How to Cite

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA STEAM TEXNOLOGIYASINING O‘RNI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 7(2), 277-284. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/734