XORIJIY MAMLAKATLARDA TABAQALASHTRILGAN TO'LOV TIZIM HOLATI
Keywords:
tabaqalashgan to‘lov tizimi, xorijiy mamlakatlar, monopoliya, narx shakllanishi, iqtisodiy tahlil, moliyaviy xizmatlar, raqobatAbstract
Mazkur tadqiqot xorijiy mamlakatlarda tabaqalashgan to‘lov tizimining hozirgi holatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Asosiy maqsad – turli mamlakatlarda to‘lov tizimlarining tabaqalashtirilgan shakllari, ularning iqtisodiy samaradorligi hamda narx shakllanishiga bo‘lgan ta’sirini tahlil qilishdir. Tadqiqotda to‘lov tizimlarida monopoliyalarning ishtiroki, ularning narx siyosatiga ta’siri va natijada yuzaga keladigan iqtisodiy muammolar ko‘rib chiqiladi. Xususan, tabaqalashgan to‘lov tizimlarining ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka ta’siri, aholining turli qatlamlari uchun moliyaviy xizmatlarning mavjudligi va narxlarning shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan muammolar tahlil qilinadi. Monopoliyalarning mavjudligi narxlarni sun’iy ravishda yuqori darajada ushlab turish, raqobatning cheklanishi va innovatsion rivojlanishning sekinlashishiga olib kelishi mumkinligi asoslanadi.[1]