STEAM TEXNOLOGIYASI ORQALI O‘QUVCHILARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI OSHIRISH
Keywords:
STEAM texnologiyasi, intellektual salohiyat, fanlararo integratsiya, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, muammoli ta’lim, innovatsion ta’lim, kompetensiya, amaliy ko‘nikma, ta’lim sifati.Abstract
Ushbu maqolada STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) texnologiyasining boshlang‘ich va umumiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi. STEAM yondashuvi fanlararo integratsiyani ta’minlash orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, muammolarni hal etish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim jarayonida STEAM texnologiyalarini qo‘llashning samarali usullari, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi ta’siri hamda intellektual rivojlanish jarayonini faollashtirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Maqolada STEAM yondashuvining ta’lim sifatini oshirishdagi innovatsion ahamiyati va istiqbollari haqida xulosalar keltiriladi.