TABIIY FANLARNI OʻQITISHDA VIRTUAL LABORATORIYALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Keywords:
virtual laboratoriya, tabiiy fanlar, innovatsion taʼlim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, pedagogik mahorat, boshlangʻich taʼlim, interaktivlik, kompyuter modellashtirish, kimyoviy tajriba, fizika qonuniyatlari, biologik jarayonlar.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy taʼlim tizimida, xususan, boshlangʻich va yuqori sinflarda tabiiy fanlarni (fizika, kimyo, biologiya, tevarak-atofimizdagi olam) oʻqitish jarayonida virtual laboratoriyalardan foydalanishning pedagogik va psixologik imkoniyatlari, afzalliklari hamda metodik asoslari har tomonlama keng yoritilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi davrida taʼlim mazmuni va shakllarini modernizatsiya qilish, anʼanaviy oʻqitish usullarini innovatsion texnologiyalar bilan integratsiya qilish muammolari tahlil qilingan. Virtual laboratoriyalarning talaba va oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, tadqiqotchilik koʻnikmalari, mantiqiy va kreativ tafakkurni shakllantirishdagi oʻrni empirik hamda nazariy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada real laboratoriya sharoitlari yetishmagan yoki xavflilik darajasi yuqori boʻlgan tajribalarni virtual formatda oʻtkazishning afzalliklari, metodik tavsiyalar va kelajakdagi istiqbollar muhokama qilinadi.