ZANJABIL (ZINGIBER OFFICINALE) O‘SIMLIGINING AHAMIYATI VA BIOLOGIK FAOL BIRIKMALARI
Keywords:
Gingerollar - zanjabilning eng ko‘p tarqalgan fenolik birikmalari bo‘lib, ularning ichida 6-gingerol eng ko‘p o‘rganilgan. Gingerollar antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va immunomodulyator xususiyatlarga ega. Ular zanjabilning yangi rizomida yuqori miqdorda bo‘ladi. Gingerollar, xususan 6-gingerol, yallig‘lanish mediatorlarini inhibe qilish orqali yallig‘lanish jarayonini pasaytiradi.Abstract
Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar zanjabilning biologik faol tarkibiy qismlari va ularning sog‘liqni qo‘llab-quvvatlashdagi rolini aniq ilmiy dalillar bilan yoritmoqda. Zanjabil nafaqat mazali ziravor, balki funksional ozuqa va dori vositasi sifatida ham yuqori ahamiyatga ega. Shuningdek, zanjabil xalq tabobatida milliy dorivor o‘simlik sifatida qadimdan qo‘llanilib keladi. U oshqozon-ichak trakti kasalliklarini yengillashtirish, shamollash va isitmani tushirishda yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, zamonaviy oziq-ovqat sanoatida zanjabildan choylar, ekstraktlar, kapsulalar va boshqa aroqaviy mahsulotlar tayyorlanadi. U global qishloq xo‘jaligi savdosining muhim qismini tashkil etadi va ko‘plab mamlakatlar eksportida o‘rin tutadi.