BOLG‘ALI MAYDALAGICHNING ISH RESURSINI OSHIRISH VA QAYTA TIKLASH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Bolg‘ali maydalagich, ishchi organ, bolg‘a, yeyilish, abraziv yeyilish, zarba, qayta tiklash, ish resursi, mustahkamlik, ta’mirlash texnologiyasi, zamonaviy texnologiyalar.Abstract
Ushbu tezisda bolg‘ali maydalagichlarning ishchi organlari ekspluatatsiya jarayonida uchraydigan yeyilish va shikastlanish holatlari tahlil qilinib, ularning ish resursini oshirish hamda qayta tiklash samaradorligini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqiladi. Maydalash jarayonida ishchi qismlarga ta’sir qiluvchi zarba, ishqalanish va abraziv yeyilish omillari baholanadi. Ishchi detalning konstruktiv va texnologik parametrlarini takomillashtirish, yeyilgan yuzalarni qayta tiklash hamda zamonaviy material va tiklash usullaridan foydalanish orqali maydalagichning xizmat muddatini uzaytirish imkoniyatlari asoslanadi. Taklif etilayotgan yondashuv ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish, uskunaning ishlash ishonchliligini oshirish va texnik xizmat ko‘rsatish samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.